Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Xizmatlar ko‘rsatishning sifat va samaradorligi oshmoqda

06 октябрь 2021, Среда
11
0
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan press-tur o‘tkazildi.      Markaziy hamda  mahalliy matbuot va ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar jurnalist va blogerlariga  “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi davlat unitar korxonasi Samarqand filiali tomonidan joriy yilning          9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, galdagi vazifalar hususida batafsil ma'lumot berildi.
      Ta'kidlandiki, Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK Samarqand filiali tomonidan don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, paxta tolasi, paxta momig‘i, texnik chigit, don korxonalari va tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan eksport, import qilinayotgan mahsulotlarga laboratoriya xizmati ko‘rsatilib, sertifikatlar berilmoqda.
       Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri davomida “O‘zdonmahsulotlari” AK tizimidagi don korxonalari tomonidan qabul qilingan 219 ming 240 tonna tovar don mahsulotlari, eksport qilingan 2 ming tonna,  parrandachilik korxonalari tomonidan keltirilgan 29 ming 822 tonna don mahsulotlari laboratoriyada tahlil etilib, sertifikatlar bilan ta'minlandi.
       2020 yil  paxta hosilidan 21 ming 542 tonna paxta tolasi, 1 ming 705 tonna paxta momig‘i, 52 ming 026 tonna texnik chigit sinov laboratoriyasidan o‘tkazilib, sertifikatlar berildi.
Bundan tashqari filial tomonidan hisobot davrida “UzBAT” MChJ korxonasi tomonidan 1 ming 8 kilogramm tamaki urug‘idan namunalar olinib, tahlildan o‘tkazildi. Viloyat hududiga Rossiyadan keltirilgan 623,4 tonna kartoshka urug‘ligi ham tegishli tartibda laboratoriya tahlilidan o‘tkazilib, sertifikatlar berildi. Rossiyadan keltirilgan 18 ming 536 kilogramm makkajo‘xori urug‘i ham laboratoriya tahlilidan o‘tkazilgan.
       2022 yil hosili uchun jamg‘arilgan 29 ming 51 tonna urug‘lik bug‘doyning 27 ming 408 tonnasidan namunalar olinib, tahlildan o‘tkazildi va sertifikatlar bilan ta'minlandi.
       “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi davlat unitar korxonasi Samarqand filiali tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida, yangi zamonaviy laboratoriya binosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu yerda zamonaviy asbob uskunalar o‘rnatilib, xizmatlar ko‘rsatishning turini yanada kengaytirish mo‘ljallanmoqda.
         Press-tur davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati
Обсудить

Мавзуга доир:

HAFTALIK MEDIA TADBIRLAR
04 октябрь 2021, Понедельник
HAFTALIK MEDIA TADBIRLAR
KELGUSI HAFTADAGI MEDIA-TADBIRLAR
24 сентябрь 2021, Пятница
KELGUSI HAFTADAGI MEDIA-TADBIRLAR
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
20 сентябрь 2021, Понедельник
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
13 август 2021, Пятница
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi