Телефонлар:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40
» » Asadjon Xodjayev: Aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir ma'lumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar o'sha shaxsga zarar yetkazyapti

Asadjon Xodjayev: Aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir ma'lumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar o'sha shaxsga zarar yetkazyapti

10 ноябрь 2020, Вторник
17
0
Asadjon Xodjayev: Aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir ma'lumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar o'sha shaxsga zarar yetkazyapti



Ayni daqiqalarda AOKA press-xolida «Mediada shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish: huquqiy va ahloqiy jihatlar» mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev o'z fikrlarini bildirdi:
«Axborotni yetkazib berish ehtiyoji bilan birgalikda shaxsning haq-huquqlarini himoya qilish talablarini ham bajarish kerak. Tezkorlik bilan birga shaxsga ziyon yetkazmaslik, uning huquqlarini muhofaza qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak.
Chunki bizda shunaqa holatlar bo'lyaptiki, aksariyat hollarda turli axborotni uzatish harakatida bevosita shaxsga doir ma'lumotlar ochiqlanyapti. Bunday holatlar o'sha shaxsga zarar yetkazyapti. Bizda shaxsga oid ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha qonunda belgilangan talablar bor. Lekin bu talablar bajarilmayapti.
Buning uchun nima qilishimiz kerak? Avvalambor, qonunchilikdagi talablar nimadan iborat? Shaxsiy hayot bor va so'z erkinligi bor. O'rtadagi chegara qayerdan o'tgan? Qaysi jihatlarga e'tibor berishimiz kerak?
Shu masalalarga biz sizlar bilan javob topishga harakat qilamiz. Bizga bu masalalarni sharhlashda Adliya vazirligi va uning qoshidagi maxsus Markaz xodimlari yordam berishadi».

Манба: uzreport.news
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Партнеры

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Самарқанд вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси