Телефонлар:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Yoshlar ta’lim granti

26 ноябрь 2020, Четверг
50
0
 

“Yoshlar ta’lim granti” loyihasi doirasida Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarga to‘lov shartnoma mablag‘larini to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi 
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarga 2020/2021-o‘quv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50%igacha bo‘lgan qismini homiylik mablag‘lari hisobidan to‘lab berish tartibini belgilaydi.
2. Tartibning asosiy maqsadi – yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishida ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, iqtidori va faolligini rag‘batlantirishdan iborat.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
To‘lov shartnoma mablag‘lari to‘lashga muhtoj talabalar – O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim muassasalarida (Chet el oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari bundan mustasno) kunduzgi ta’lim (bakalavr bosqichi)da to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan (super kontrakt bundan mustasno) chin yetim, nogiron, ota-onasi (har ikkalasi) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, Mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan loyihada ishtirok etish uchun hujjat topshirgan muomalaga layoqatli
30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ekspertlar Kengashi – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi” NNT, blogerlar, jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirokida to‘lov shartnoma mablag‘larini to‘lashga muhtoj talabalarga to‘lov shartnoma mablag‘ini to‘lash masalasini ko‘rib chiqish va to‘lash uchun “Mehrli qo‘llar” hayriya fondiga tavsiya etadigan komissiya.
Ekspertlar Kengashi qarori – Kengash tomonidan tavsiya etilgan ro‘yxatga asosan to‘lov shartnoma mablag‘lari to‘lashga muhtoj talabalarning 2020/2021-o‘quv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50%igacha bo‘lgan qismini to‘lab berish uchun asos bo‘ladigan hujjat.
Loyihani o‘tkazish muddati:
2020-yilning noyabr-dekabr oylari davomida ushbu tartibda belgilangan talablar asosida o‘tkaziladi;
4. To‘lab beriladigan mablag‘ miqdori talabaning ijtimoiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida ishtiroki, ta’lim bosqichida to‘lanmagan shartnoma-to‘lovining summasidan kelib chiqib, bir yillik o‘qish uchun hisoblangan (tasdiqlangan) to‘lov shartnoma pulining 50 foizigacha (oshirilgan shartnoma to‘lovi bundan mustasno) miqdorda belgilanadi.
5. Shartnoma mablag‘larini to‘lashga muhtoj talabalarga to‘lanadigan mablag‘lar miqdori mazkur maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. 
IIShartnoma mablag‘larini to‘lash
6. Loyiha ikki bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich – ishtirokchilarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
1. Anketa;
2. Fuqarolik pasporti nusxasi;
3. Oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
4. Talaba chin yetim (boquvchisini yo‘qotgan) bo‘lsa ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnoma nusxasi, kam ta’minlanganligi hamda oilaviy ahvoli haqida yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan dalolatnoma; 
5. Talabaning ota-onasi (har ikkalasi ham) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu to‘g‘ridagi sud qarori nusxasi;
6. Talaba Mehribonlik uyida tarbiyalangan bo‘lsa Mehribonlik uyidan ma’lumotnoma;
7. Talabaning iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha hujjatlar (faxriy yorliqlar, diplom va sertifikatlar – agar mavjud bo‘lsa);
Ikkinchi bosqich – saralash bosqichi bo‘lib, taqdim etilgan hujjatlar Ekspertlar Kengashi a’zolari tomonidan 15 ish kuni muddatida o‘rganib chiqilib, belgilangan mezonlarga mos keladigan talabgorlar saralanib, shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdori Ekspertlar Kengashi qaroriga asosan 5 ish kuni muddatida to‘lab beriladi. 
Ekspertlar Kengashi tomonidan hujjatlarni o‘rganish jarayonida talabaning ayni vaqtdagi ijtimoiy-moddiy ahvoli hamda “Temir daftar”da ro‘yxatda turganligi uchun alohida ustunlik beriladi.
7. Agar Ekspertlar Kengashi tomonidan o‘rganish davomida to‘lov shartnoma mablag‘lari to‘lanishiga muhtoj talabalar oilasining boshqa a’zolari, turmush o‘rtog‘i, vasiysi) yetarli darajada ta’minlangan yoki shartnoma to‘lovini to‘lash imkoniyati mavjud deb topilsa Ekspertlar Kengashi yig‘ilishi bayoniga muvofiq talabgorga 10 ish kun muddatda rad javobi yuboriladi.
8. Loyihaning Ekspertlar Kengashi yig‘ilish qaroriga asosan to‘lov-shartnoma mablag‘lari tasdiqlangan ro‘yxat asosida talabalar tahsil oladigan Oliy ta’lim muassasalarining hisob-raqamlariga o‘tkazib berish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
9. Ekspertlar Kengashi tomonidan belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi, qabul qilinmagan hujjatlar yuzasidan shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
III. Yakuniy qoidalar
10. Ekspertlar Kengashi talabgor talabalar soni ko‘payib ketgan taqdirda homiylik asosida talabalarning shartnoma mablag‘larini (yoki ma’lum qismini) to‘lab berish uchun hududiy hokimliklar, homiy tashkilotlarga yoki keng jamoatchilik vakillariga murojaat qilishi mumkin.
11. Ushbu tartibni bekor qilish yoki unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihaning Expertlar Kengashi yig‘ilish qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Manba: metsenat.uz
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Партнеры

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Самарқанд вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси