Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

GAZETALAR INTERNETDA FAOL EMAS

24 август 2021, Вторник
50
0



Viloyatdagi shaharlar va tumanlar hokimliklari muassisligidagi gazetalarning rasmiy veb-saytlari, facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari, telegram messenjeridagi kanallariga ma’lumot joylashtirishning ahvoli o‘rganilgandan so‘ng shu xulosaga kelindi.

“Urgut sadosi” gazetasining www.urgutnews.uz rasmiy veb-sayti, facebook ijtimoiy tarmog‘idagi www.fb.com/Urgutsadosigazetasi sahifasi, telegram messenjeridagi t.me/urgutsadosi_gazetasi kanalining hech biri yuritilmasdan kelmoqda, gazetaning bosma shakli ham nizom talablari asosida chop etilmayapdi.

Jomboy tumanining “Jomboy tongi” (www.jomboytongi.uz va www.fb.com/jomboytongi), Payariq tumanining “Payariq hayoti” (www.payariqhayoti.uz va www.fb.com/Payariqhayotigazetasi)Qo’shrabot tumanining “Istiqbol sari” (www.istiqbolsari.uz va www.fb.com/istiqbol.sari)Narpay tumanining “Paxtakor ovozi” (www.paxtakorovozi.uz va www.fb.com/Paxtakorovozi1932) gazetalarining rasmiy veb-saytlari va facebook tarmog’idagi sahifalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Paxtachi tumanining “Paxtachi” gazetasi jamoasi ijtimoiy tarmoqlarda xabar va yangiliklarni faol tarqatayotganini e’tirof etish mumkin, biroq nashrning rasmiy veb-sayti www.ziyovuddin.uz ishlamayotgani achinarlidir.




Toyloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasining www.fb.com/qushchinor.uz sahifasi, Samarqand tumani “Gulobod tongi” gazetasining www.fb.com/gulobodtong sahifasi, Nurobod tumani “Nurobod” gazetasining www.fb.com/Nurnews.uz sahifasi, Bulung‘ur tumani “Bulung‘ur hayoti” gazetasining www.fb.com/bhgazeta sahifasi, Kattaqo‘rg‘on shahar “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasining www.fb.com/KattakurgonT facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hech bir sababsiz yuritilmayapdi yoki hafta-o‘n kunda ma’lumot joylashtirib borilmoqda.

Gazetalarning eng ommabop sanalgan telegram messenjeridagi kanallari ham tahlil qilindi. Xususan, “Paxtakor ovozi” gazetasining t.me/Paxtakorovozi kanalida 111 nafar, “Oqdaryo ovozi” gazetasining t.me/oqdaryoovozi1931 kanalida 264 nafar, “Bulung‘ur hayoti” gazetasining t.me/bulungurhayoti kanalida 270 nafar, “Istiqbol sari” gazetasining t.me/Istiqbol_Sari kanalida 291 nafar, “Paxtachi” gazetasining t.me/paxtachi_gazetasi kanalida 393 nafar, “Gulobod tongi” gazetasining t.me/gulobod_tongi kanalida 396 nafar, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasining t.me/KattakurgonT kanalida 470 nafar, “Nurobod” gazetasining t.me/Nurnews_uz kanalida 487 nafar obunachilari bor ekan, xolos. Boshqacha aytganda axborot manbasi hisoblangan kanallarning obunachilari 500 nafarga ham yetmaydi.

Youtube messenjeriga to‘xtaladigan bo‘lsak, viloyat miqyosida faqatgina “Zarafshon” www.youtube.com/channel/UCEQLB3YwG5U98RmFE7DhENA, “Ovozi Samarqand” www.youtube.com/channel/UCYdnzgQ0zay6n5g7VxigmQg va “Paxtachi” www.youtube.com/channel/UClEab5G-WbvwzcVy4iiDRbA gazetelarining ushbu tarmoqda kanallari yuritilmoqda, xolos.

Bu ma’lumotlar viloyat matbuot uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tilga olindi.


Sh.Axatov,    Samarqand viloyat axborot va
  ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi
 bosh mutaxassisi.

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi