Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

KITOB TAQDIMOTI

23 август 2021, Понедельник
23
0


Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida muallif “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining viloyat bo‘yicha muxbiri G‘olib Hasanovning “Yangicha yashash nima?” hamda faxriy ijodkor Baxtiyor Sharipovning “Yurak yig‘laydi” nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.



“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan taqdimot tadbirida faxriy jurnalistlar, adabiyot ixlosmandlari, yosh shoir va ijodkorlar hamda turli soha vakillari qatnashdi.
Kitob bayramida so‘z olgan ijodkor, shoir va jurnalist F.Toshev, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodlullayev hamda taklif etilganlar ikki muallif va ularning kitoblari haqida gapirdi.



Ta’kidlanishicha, “Turon nashr” nashriyotida chop etilgan “Yurak yig‘laydi” kitobi qissa bilan boshlangan va qator publitsistik hamda feletonlardan iborat. “Zarafshon” gazetasi kutubxonasi turkumidan chop etilgan “Yangicha yashash nima?” kitobida jamlangan materiallar janri turlicha bo‘lib, suhbat, publitsistika, maqola, feleton, hajviya tarzida berilgan. Shuningdek, mulohaza, munozara, ochiq va achchiq gaplar qalamga olingan.

Husan Eltoyev.
 
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi