Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Kattaqo‘rg‘onlik kitobxonlar uchun yangi kutubxona

31 август 2021, Вторник
13
0

 

Bayram arafasida kattaqo‘rg‘onlik kitobxonlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Axborot-kutubxona markazi ham foydalanishga topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i M.Ibodullayev tadbir ishtirokchilari, kattaqo‘rg‘onlik kitobxonlarni bayram bilan muborakbod etdilar va kelgusida ushbu maskan shahar madaniy-ma’rifiy hayotining rivojiga munosib hissa qo‘shishini ta’kidladilar.


Ushbu markazi 2020-yil 1-yanvardan 1-son umumta’lim maktabining bitta xonasida ish faoliyatini boshlagan edi. Markaz tashkil etilganda 9898 dona adabiyotlar bilan xizmat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-sentabrdagi 580-sonli “2020-2022-yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan Kattaqo‘rg‘on shahar “G‘arb-machit” mahallasi hududidagi 1-son umumta’lim maktabining foydalanilmay bo‘sh turgan binosi Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazi balansiga o‘tkazildi.




Samarqand viloyati xokimi E.Turdimov hamda shaar hokimi G.Alimovaning sa’y-harakatlari bilan ushbu binoda 718 mln. so‘m mablag‘lik kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. 160 mln. so‘mlik mablag‘ bilan jihozlanib moddiy texnika bazasi takomillashtirildi.


 

Markaz dastlab 9898 dona adabiyotlar bilan xizmat ko‘rsatishni boshlagan bo‘lsa, 2020-yilda kitoblar fondi 22074 donaga, 2021-yil III- choragiga qadar 15502 donaga kupaytirilib kitob fondi 47474 donaga yetkazildi. Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazi o‘z veb saytiga ega. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari hamda mahallalar bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida ko‘chma kutubxonalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Axborot xizmati
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi