Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Birinchi dars viloyat hokimi ishtirokida

06 сентябрь 2021, Понедельник
16
0



Bugun yurtimizdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

Samarqand viloyatidagi 1260 dan ortiq umumta’lim maktablarida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.




– O‘tgan yil pandemiya sababli o‘quv yilini onlayn tarzda boshlashga to‘g‘ri kelgandi, - dedi E.Turdimov. – Vaksinatsiya jarayonlari, kasallik keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar tufayli bu yil o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlayapmiz. Lekin baribir karantin qoidalariga qat’iy rioya etish, avvalo o‘z sog‘lig‘imizga befarq bo‘lmasligimiz kerak. O‘qituvchilar va ota-onalar, o‘quvchilar buni unutmasliklari lozim.

Viloyat hokimi o‘quvchilarni yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishga da’vat etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosalari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari ham maktablarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi. 




G‘.HASANOV, O‘zA

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi