Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Mangulikning 30 lahzasi

14 сентябрь 2021, Вторник
21
0
 

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida adib, shoir va tarjimon Yor Muhammad qalamiga mansub “Mangulikning 30 lahzasi” deb nomlangan yangi kitob taqdimoti bo‘lib  o‘tdi.



Tadbir davomida O’zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi a’zolari Z.Eshonqulova, O.Mamatova, K.Baxromova, M.Qilichova, R.Naimov, M.Abduraxmonov, G.Suvonova, R.Odilova, J.Suvonova ishtirok etib adibning ijodi ko‘lami kengligi va ijodiy faoliyati haqida gapirib o‘tishdi. Ayniqsa, Samarqand Davlat Universiteti dotsenti T.Jo’rayev ushbu kitobdagi har bir she’r va dostonlar kitobxonni o‘ylashga majbur etib, ko‘ngilga mahzun tuyg‘ular olib kirsa, boshqasi shukrona aytishga, hayotdan zavqlanib yashashga undaydi deya o‘z fikrini bayon etdi.
Bundan tashqari Samarqand Davlat Universiteti filologiya fakultetining 1-bosqich talabalari, Samarqand viloyat va shahrida joylashgan bir qator maktablarning targ’ibotchilari va o’quvchilari ishtirok etishdi. 
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi