Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

15 сентябрь 2021, Среда
25
0

 

Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda tashkiliy qo‘mita, hakamlar hay’ati a’zolari, jurnalistlar ishtirok etdi. G‘oliblarga maxsus diplomlar, ko‘rik-tanlov ramzi tushirilgan plaketka hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.


Mamlakatimizning barcha hududlaridan 6 ta nominatsiya bo‘yicha qatnashgan turli yoshdagi ijodkorlarning ishlari maxsus saytga joylashtirilib, onlayn ovoz berish tizimi orqali keng jamoatchilik ishtirokida baholab borilgani alohida qayd etildi.



        Taqdirlash marosimida ushbu ko‘rik-tanlov ijod ahlining jamiyatdagi faolligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, iqtidor sohiblarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.



aoka.uz
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi