Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Diqqat tanlov!

17 сентябрь 2021, Пятница
35
0

 

Markaziy saylov komissiyasi, MSK Matbuot markazi, O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalqaro press-klub hamda“Uzreport” telekanali hamkorligida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi. 

Ushbu roliklar tanlovining asosiy maqsadi: aholining elektoral madaniyatini oshirishdir.  

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1️. eng yaxshi informatsion rolik;

2️. eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik;

3️. eng yaxshi animatsion rolik;

4️. muxlislar e’tirofi (ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Instagram orqali eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar). 

Agar sizda tanlov bo‘yicha savol tug‘ilsa, botga yozishingiz mumkin.

Tanlov sharti: 

1. Videoroliklarni Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘z sahifangiz orqali #Saylov2021_tanlov #Elections2021_tanlov xeshteglar ostida e’lon qilish; 

2. Videoroliklarni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining http://t.me/MSKtanlovbot Telegram-botiga yuborishingiz zarur. 

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarni bajarmagan videoroliklar tanlovda ishtirok etmaydi!

Shuningdek, disk va boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yozilgan videoroliklar – Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi (Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy, “Ma’rifat markazi” (Simpoziumlar saroyi binosi) manzilida qabul qilib olinadi.

“Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:

1-o‘rin uchun – 20 mln so‘m;

2-o‘rin uchun – 15 mln so‘m;

3-o‘rin uchun – 10 mln so‘m

Siz ham qatnashing va saylov jarayonlarini yoritishda faol bo‘ling!

aoka.uz
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi