Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

KELGUSI HAFTADAGI MEDIA-TADBIRLAR

24 сентябрь 2021, Пятница
19
0
27 sentyabr
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Fuqarolarni daftardan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida”.
Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Hamdamov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Tumanda import va eksport: 2017 va 2021 yillarning taqqoslama balansi”.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Aloviddin Inog‘omov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Viloyatda norasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan sub'ektlarni aniqlash va rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta'minlash hamda hajmsiz faoliyat ko‘rsatayotgan sub'ektlar monitoringini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhi natijadorligi tahlili”.
Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Meliev ishtirokida press-tur.
Mavzu: “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mintaqaviy qutqaruv otryadining mavjud imkoniyatlari bilan tanishtiruv”.

28 sentyabr
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish Samarqand viloyati inspeksiyasi boshlig‘i Davron Ochilov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta'minlash, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida».
“Hududgaz Samarqand” Samarqand filiali direktori Olim Isakulov ishtirokida press-tur.
Mavzu: “Kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta'minlash bo‘yicha mavjud gaz quvurlarini mukammal rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish”.

29 sentyabr
Oqdaryo tumani hokimi Najmiddin Sulaymonov ishtirokida press-tur.
Mavzu: “Yangi uy-joy komplekslari va kvartallar bilan tanishish”.
Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida ochiq muloqot.
Mavzu: “Yoshlar bandligini ta'minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar”.
Qo‘shrabot tumani hokimi Himmat Oqbo‘taev ishtirokida ochiq muloqot.
Mavzu: “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar”.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Jinoyat sodir etilishining hududlar kesimida tahlili”.
Samarqand viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Innatilla Xamraev ishtirokida press-tur.
Mavzu: “Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan tanishuv”.

30 sentyabr
Pastdarg‘om tumani hokimi  Shunqor Xudoyberdiev ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Yoshlarni sport va madaniy-ma'rifiy tadbirlarga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar”.
Samarqand viloyati prokurori Ravshan Masharipov ishtirokida matbuot anjumani.
Mavzu: “Korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi”.
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbari G‘anisher Mamatqulov ishtirokida press-tur.
Mavzu: “Kuz-qish mavsumida hududlarda transformator punktlarini modernizasiya-rekonstruksiya qilish va yangilash holati qanday kechmoqda?”

Samarqand viloyat axborot  va   ommaviy
 kommunikasiyalar boshqarmasi

Обсудить

Мавзуга доир:

Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi