Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Rasmiy bayonot

07 октябрь 2021, Четверг
12
0
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari matbuot kotiblari faoliyatini nazorat qiladi va baholaydi. Matbuot kotiblarining asosiy vazifalaridan biri — davlat organlarida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikni o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilishdan iboratdir.
Biroq ayrim matbuot kotiblari o‘z vazifalarini bajarish o‘rniga, faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanib, davlat xizmatchisining axloqiy me'yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarga yo‘l qo‘yayotgani ham kuzatilmoqda.
Xususan, kuni kecha Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi F.Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy munozara paytida davlat xizmatchisining maqomiga xos bo‘lmagan tarzda o‘z fikrini noto‘g‘ri shaklda bildirib, muloqot madaniyatining umumqabul qilingan me'yorlarini buzgan. U muloqot davomida qo‘pol so‘zlar ishlatgan, bu holat, o‘z navbatida, jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirish mumkin emas, degan qarorga kelgan. Chunki u o‘z xatti-harakatlari bilan davlat xizmatchisining axloqiy me'yorlari va kodeksini buzgan, shuningdek, o‘z faoliyatida muloqot madaniyati me'yorlariga rioya qilmagan.
Agentlik barcha matbuot kotiblarini so‘zga mas'uliyatli bo‘lish, o‘z vazifalariga jiddiy yondashish, shuningdek, aholi so‘rovlariga tezkorlik bilan javob berishga chaqiradi.
https://t.me/aoka_uz
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi