Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

To‘garaklar faoliyati qanday tashkil etilmoqda?

06 октябрь 2021, Среда
20
0
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tizimdagi to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshrilgan ishlarga bag`islab Pastdarg‘om tumanida tashkil etilgan press-turda bu savolga javob berildi. - Keyingi yillarda madaniyat bo‘limi tasarrufidagi madaniyat markazlari faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, madaniyat markazlari qoshida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar nafaqat markazda balki maktablarda, bog‘chalarda ham o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqda, - deydi bo‘lim bosh mutaxassisi Ozoda Shodiyeva. – Tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 7 ta madaniyat markazlarida 36 ta havaskorlik to‘garaklarida 449 nafar 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan havaskorlar tashrif buyuradi. 
Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 78 ta madaniyat markazlarida 484 ta havaskorlik to‘garaklari tashkil qilingan bo‘lib, ularga 5760 nafar havaskorlar jalb qilingan.
 Shuningdek, yoshlarning san’at va madaniyatga qiziqishlarini inobatga olgan holda har bir madaniyat markazi 2 tadan mahallada to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
 Press-tur ishtirokchilari tumanning Juma shahrida joylashgan 1-son Madaniyat markazi, Chandir mahallasi hududida joylashgan 4-son Madaniyat markazi hamda ularda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, havaskorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbir davomida soha mutasaddilari tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga jabob berildi.

Samarqand viloyati Madaniyat 
boshqarmasi Axborot xizmati.
 
Обсудить

Мавзуга доир:

HAFTALIK MEDIA TADBIRLAR
04 октябрь 2021, Понедельник
HAFTALIK MEDIA TADBIRLAR
KELGUSI HAFTADAGI MEDIA-TADBIRLAR
24 сентябрь 2021, Пятница
KELGUSI HAFTADAGI MEDIA-TADBIRLAR
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
20 сентябрь 2021, Понедельник
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
13 август 2021, Пятница
HAFTALIK MEDIA-TADBIRLAR
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi