Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Bokuda VII xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda

06 октябрь 2021, Среда
16
0
Bugun, 6 oktyabr' kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida VII Boku xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi.
Buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etayotgan turli mamlakatlardan 200ga yaqin nashriyot, matbaa korxonalari, kitob do‘konlari hamda madaniy markazlar qatorida O‘zbekiston noshirlari ham qatnashmoqda.
Xususan, «O‘zbekiston» NMIU, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, «Nihol», «Zamin nashr», «Hilol nashr» kabi nashriyotlar tomonidan chop etilgan turli yo‘nalishdagi nashrlar ko‘rgazma-yarmarkada namoyish etilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — dunyo noshirlari bilan o‘zaro tajriba almashish, noshirlik-matbaa hamda kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro noshirlik sohasining so‘nggi yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishish. Bu orqali  O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi — kitobxonlikni rivojlantirish va ommalashtirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish ko‘zda tutilmoqda.
Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 10 oktyabrga qadar davom etadi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi