Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

07 октябрь 2021, Четверг
16
0
Bu haqda viloyat Matbuot uyida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farruh Ahmedjanov ishtirokida viloyatimizda o‘zini o‘zi band qilish borasida ishlar hamda mol-mulk va yer soliqlarining to‘lanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lumot berdi.
Tegishli huquqiy hujjatlarga ko‘ra, respublikamizda 68 ta faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda o‘zini o‘zi band qilgan hisoblanadi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ijtimoiy soliqni haqiqatda ishlagan vaqtidan qat'i nazar bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 000 so‘m) miqdorida soliq to‘lovlarini amalga oshirsa, bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi belgilangan. Masalan, endilikda mustaqil ravishda hamshiralik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘rta tibbiyot mutaxassislari ham o‘zini-o‘zi band qilishlari mumkin. Buning uchun Soliq mobil' ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirib, ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matrisali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.
2020 yilda viloyatimizda 77 974 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida bunday fuqarolar soni 82 943 nafarni tashkil etgan.
- Respublikamizda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash teng ulushlarda 15 aprel' va 15 oktyabrga qadar belgilangan, - deydi F.Ahmedjanov. - Soliq summasi mol-mulkning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Misol uchun, shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni 200-500 kvadrat metrgacha 0,3 stavkada, 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uy-joylarga 0,4 stavkada soliq qo‘llaniladi. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun 0,3 stavkada soliq hisoblanadi.
Bunda qahramonlik unvoniga sazovor bo‘lganlar, nogironlar, 10 nafardan ortiq farzandi bor oilalar tegishli hujjatlar asosida soliqdan imtiyozga ega bo‘ladi.  
Shuningdek, respublikamizda 1 kvadrat metr uchun belgilangan soliq stavkasi mahalliy kengashlarning qaroriga asosan 0,5 foizga kamaytiruvchi va yoki 2 foizga oshiruvchi koeffisientlarni qo‘llashi mumkin.
Bugungi kunda hududiy tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalarining ma'lumotlar bazasida 239 018 nafar fuqaroga imtiyozlar qo‘llanilib kelinmoqda. Joriy yilning 1 oktyabr' holatiga Kadastr palatasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 878 909 ta ob'ekt mavjud bo‘lib, shundan 309 758 tasining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 569 151 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Shuningdek, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Ma'lumot uchun bugungi kunda viloyat bo‘yicha 870 414 nafar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchisi mavjud. Ayni paytga qadar mol-mulk va yer soliqlaridan 135 017,2 million so‘m undirilishi ta'minlangan.



Обсудить

Мавзуга доир:

Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi