Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

KEKSALARNI E'ZOZLASH – AZALIY QADRIYAT

08 октябрь 2021, Пятница
17
0
Nuroniy keksalarimiz vatanimizning chinakam faxri va boyligi desak adashmagan bo‘lamiz. Bunday deyishimizning sababi shundaki, bugungi dorulomon kunlarimizga yetishishimizda ularning jasoratli kurashlari va mashaqqatli mehnatlari yotganini har birimiz yodda tutishimiz va qadriga yetishimiz zarur.
Shu sababli mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat – extirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassamlagan “Keksalar haftaligi” doirasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi hamda boshqarmaning boshlang‘ich Kasaba uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. 
Unda bojxona organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib kelgan faxriylar, ularning oila a'zolari va bojxona xodimlari madaniy hordiq chiqarishlari uchun Samarqand viloyati musiqali drama teatriga taklif etildi. Sahnada komediya janridagi “Bir o‘lib ko‘raychi” nomli spektakl namoyish etildi. 
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur spektakl tomoshabinlarda katta  taassurot qoldirdi. Faxriy bojxonachilar tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirishdi. 
Shuningdek, tadbirga Jomboy tumanidagi 21-umumta'lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari ham taklif etildi. Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
  
Samarqanl viloyati bojxona boshqarmasi
axborot xizmati
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi