Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Oqdaryoda yangi kutubxona ish boshladi

15 октябрь 2021, Пятница
120
0
Oqdaryo tumanining Dahbed shaharchasida yangitdan barpo etilgan Axborot-kutubxona markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shafoatxon Abdullaeva dahbedlik faol yoshlar vakili sifatida davlatimiz rahbaridan shaharchada axborot-kutubxona barpo etilishida amaliy yordam so‘ragan edi. Bu taklif Yurtboshimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va qariyb 2 milliard so‘m mablag‘ evaziga ushbu axborot-kutubxona binosi barpo etildi.

Axborot-kutubxona bo‘limi 5 mingga yaqin yangi adabiyot, 26 ta komp'yuter jamlanmasi, mebel' jihozlari bilan ta'minlandi, elektron adabiyotlar bilan tanishish bo‘yicha kerakli imkoniyat yaratildi.

Eng muhimi, hudud aholisi, xususan, yoshlar uchun 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida kitob o‘qish, ilm-fan sirlarini egallashda ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle