Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Samarqandda Prezident maktabi foydalanishga topshirildi

18 октябрь 2021, Понедельник
623
0
Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova qatnashdi.
- Bu maktabga o‘qishga kirish uchun 13 mingdan ortiq o‘quvchi hujjat topshirdi, - dedi viloyat hokimi E.Turdimov. - Ular orasidan 145 nafari saralab olindi. Bugun qutlug‘ kunda shu bilimlar maskani foydalanishga topshirilar ekan, bu o‘quvchilardan umidimiz katta. Ular Samarqandning faxri bo‘lishi kerak.
Binoning loyiha qiymati 73 milliard 725 million so‘m bo‘lib,  unda 17 ta auditoriya, 4 ta laboratoriya va 240 ta zamonaviy interaktiv qurilma mavjud.
Binoda 90 nafar kishi ish bilan ta'minlangan. Shuningdek, zamonaviy bilim va malakaga ega xorijlik 12 nafar o‘qituvchi jalb qilingan.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle