Телефонлар:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40
» » Komil Allamjonov BAA hukumat va kelajak ishlari vaziri bilan internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik masalasini muhokama qildi

Komil Allamjonov BAA hukumat va kelajak ishlari vaziri bilan internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik masalasini muhokama qildi

16 октябрь 2019, Среда
252
0
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammed al-Gergavi bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik rahbari Komil Allamjonov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
BAA vaziri bilan uchrashuvimiz Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik masalasi butun dunyoning umumiy muammosiga aylanganini yana bir bor tasdiqladi. Yolg‘on xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi ‘feyk’ akkauntlar, trollar barcha mamlakatlar uchun chinakam xatarga aylangan va unga qarshi keskin kurashlar kechmoqda.
Biz bu borada rivojlangan arab mamlakatining axborot sohasidagi tajribasi, ular qo‘llayotgan uslublar bilan tanishdik. Mamlakat imijini shakllantirish va PR sohasiga oid xalqaro ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdik.
O‘ylaymanki, bu agentligimiz jamoasi uchun har tomonlama samarali bo‘ladi.

Komil Allamjonov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari
Eslatib o‘tamiz, 14-oktabr kuni Komil Allamjonov boshchiligidagi delegatsiya BAAga xizmat safarini boshlagan edi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Партнеры

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Самарқанд вилоят ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси