Joriy yilning 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari yurtimizda “Ipak yo‘li durdorasi” Toshkent xalqaro festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida respublikamiz bo‘ylab xorijiy mamlakatlar kino kunlari tashkil etiladi.
Jumladan, 30 sentyabr' kuni Samarqandda Rossiya, Hindiston, Belarus va Fransiya davlatlari, 1 oktyabr kuni esa Italiya, Misr Arab Respublikasi, Pol'sha va Eron Islom Respublikasi kino kunlari o‘tkaziladi. Bunda hujjatli va badiiy fil'mlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.Xalqaro kinofestival' doirasida shu kunlarda Samarqandda “Kino besh kunda” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha bo‘yicha Fransiya, Rossiya va Armaniston davlatlarining yosh kinoijodkorlari Respublika kinematografiya agentligi vakillari hamrohligida viloyatimizga kelib, fil'mlarni tasvirga olishga kirishdi.