“Keksalar haftaligi” doirasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida bojxona faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbirlar davom etmoqda.
Dastlab bojxona faxriylari va yosh bojxonachilar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasining Samarqand viloyat bo‘limi raisi Farhod Mukumov bugungi kunda bojxona organlarida xizmat qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e`tibor qaratdi.
Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Amir Temur maqbarasi va “Afrosiyob” muzeyiga sayohat qilishdi.
Nabatdagi manzil zamonaviy yangi binoda faoliyat boshlagan “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga tashrif bo‘ldi.
Unda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, bojxona xizmati podpolkovnigi Jasurbek Fayzullayev mazkur bojxona postida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan yengilliklar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.
Qayd etilishicha, yangi bojxona omborlarida jami 1125,0 tonna miqdordagi tovarlarni saqlash imkoni mavjud. Omborlarda tovarlarni tartibli saqlanishi uchun maxsus stilajlar hamda onlayn kameralar o‘rnatilgan. Ahamiyatlisi, omborlarda doimiy bir xil harorat rejimini talab qiladigan tovarlarni saqlash uchun muzlatkichli xonalar ham tashkil etilgan. Bu esa kelajakda davlat budjetiga qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga xizmat qiladi.
Bojxona posti bir kunda o‘rtacha 60-70 ta yuk avtotransport vositalarini qabul qiladi. Bojxona xodimlari esa bir kunda o‘rtacha 1200-1300 tonnaga yaqin eksport-import tartibida yuklarni bojxona rasmiylashtiruvini aynan shu yerning o‘zida amalga oshirish imkoniyatiga ega.
“Samaraqand” TIF bojxona postining tashqi savdo aylanuvi 2021 yilning 9 oyi davomida 663,73 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Shundan eksport 175,76 mln. AQSH dollarni, import esa 487,97mln AQSH dollarni tashkil etib, (2020 yilning shu davriga 500,98 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, shundan eksport - 102,97 mln. AQSH dollar, import-398 mln. AQSH dollar) o‘tgan yilga nisbatan tashqi savdo aylanuvi 162,75 mln. AQSH dollariga yoki 32,4 foizga ko‘paygan.
Bojxona postiga 2021 yil 9 oyi uchun belgilangan 477 mlrd. so‘mlik istiqbol rejaning bajarilishi 487,5 mlrd. so‘mni yoki 102,2 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, mazkur bojxona posti tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida davlat budjetiga o‘tkazilgan mablag‘lar 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,6 mlrd. so‘mga yoki 20,84 %ga ko‘p undirildi.
Ushbu davrda jami o‘tkazilgan bojxona ko‘riklari bo‘yicha 3907 ta bojxona ko‘rigi dalolatnomalari rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 892 tasi “eksport”, 3015 tasi “import” bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bojxona ko‘riklar davomida 36 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qiymati 979,09 mln. so‘mga teng bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida olingan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
axborot xizmati