Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Axborot beruvchining mas'uliyati qanday?

10 август 2022, Среда
106
0
Axborot oluvchida-chi? Kimlar axborot beruvchi yoki oluvchi bo‘lishi mumkin?  OAV orqali yoki ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda asossiz axborot tarqatish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
Ushbu savollarga viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan  “Axborot olish va uni tarqatishning mas'uliyati. Korrupsiyaga qarshi kurashishda OAVning o‘rni va vazifasi” mavzusidagi amaliy seminarda javob izlandi.
Dastlab so‘z olgan O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Farmon Toshev bugungi islohotlarni yoritishda ochiqlik va oshkoralikka  e'tibor qaratish muhimligini ta'kidladi.
Samarqand viloyati axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Mannob Ibodullaevning ma'lum qilishicha, ayni paytda viloyatda 33 ta gazeta, 6 ta jurnal, 1 ta telekanal, 1 ta radiokanal, 9 ta alohida veb-sayt, 10 ta nashriyot va 95 ta matbaa korxonasi mavjud. 
Qayd etilishicha, hududda ro‘yxatdan o‘tgan mustaqil veb-saytlar 9 tani  tashkil etadi. 80 ga yaqin davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tuman va shahar hokimliklarida axborot xizmatlari faoliyat olib bormoqda.
- Viloyatdagi media makon orqali tarqatilayotgan axborotlardan bugun 1,5 millionga yaqin o‘quvchi xabardor bo‘layapti,-dedi M.Ibodullaev.- Ammo bu axborotlarni olish va tarqatish jarayonida ko‘plab ziddiyatli, qonunbuzilish holatlari sodir bo‘layotganidan ham ko‘z yumolmaymiz.
       Tadbir davomida tegishli soha mutaxissislari tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki ijtimoiy tarmoqlar, asossiz tarqatilayotgan axborotlarning huquqiy oqibatlari, bu jarayonda yuzaga kelgan qonunbuzilish holatlari xususida so‘z yuritildi.
Samarqand viloyati axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi va viloyat hokimligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu seminarda jurnalist, bloger va axborot xizmati vakillari ishtirok etdi.

Обсудить

Мавзуга доир:

Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle