Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

"Eng ulug‘, eng aziz" an'anaviy respublika ko‘rik-tanlovi davom etadi

11 август 2022, Четверг
129
0
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan "Eng ulug‘, eng aziz" an'anaviy respublika ko‘rik-tanloviga xujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. 

"Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovga topshirilgan materiallar quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi:


🗞 bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
📺📻  televidenie va radio ijodkorlarining materiallari;
💻 internet-jurnalistika;
✍️ jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publisistik mavzudagi kitoblar;
📚 yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
🏞 tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn ishlari;
📽 kino san'ati asarlari.


📍Eslatma: hujjatlar 📩 info@jurnalistlar.uz elektron pochtasi orqali ham qabul qilinadi.


🔖 Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:


▶️ muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot;
▶️ muallifning pasport nusxasi;
▶️ muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.


❗️Tanlovga 2021 yilning 1 avgustidan 2022 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda e'lon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 22 avgustigacha qabul qilinadi.


Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.

Ijodiy ishlar "Eng ulug‘, eng aziz" tanloviga deb ko‘rsatilgan holda o‘z ijodiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi manzilga yuborilishi lozim:


O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. 
Tel.: 90 990 35 80
         33 855 10 13
         71 244 62 89


O‘zbekiston "Tasviriy oina" uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Tel.: 71- 244-11-64.


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni.tel. 71--231-83-49


O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, 100115, Toshkent shahri,Chilonzor ko‘chasi 1 "A" uy. Tel. 71-277-81-49.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle