Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Kasb-hunar o‘rganish istagidagi yoshlar KOICAda jam bo‘ldi

11 август 2022, Четверг
214
0
Viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishni davom ettirishni maqsad qilgan bitiruvchilar hamda tashkilot va korxonalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
  
Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Samarqand shaharidagi “Ishga marhamat” monomarkazi va o‘quv markaz mutaxassislari hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarga markaz faoliyati, markazda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.   
- Bugun payvandchi mutaxassisga talab katta, - deydi hunar o‘rganish maqsadida yarmarkaga kelgan yoshlardan biri Sherbek Qudratov. – KOICAda mavjud yo‘nalishlar bilan tanishdim. Eng muhimi, bu yerda qisqa vaqtda payvandlash kasbini chuqur egallash imkoniyati borligi menda qiziqish uyg‘otdi.   


Yarmarka so‘nggida yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 
- Hozirda yuzdan ortiq tashkilotlarga hamkorlik shartnomalari asosida zarur mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar yetkazib beryapmiz, - deydi Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi rahbari Dilshod Pardayev. – Tikuvchi, payvandchi, elektr tarmog‘i mutaxassisi, xotin-qizlar uchun ayollar sartaroshi hamda oshpazlik va qandolatchilik yo‘nalishlariga talab katta. Bugungi ko‘rgazmada ham kasb o‘rganishni maqsad qilgan yoshlar asosan ushbu yo‘nalishlarga qiziqish bildiryapti.
Yarmarkada o‘quv markazda kasb sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar yasagan turli hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle