Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Obod joyda bayram tatiydi

18 март 2024, Понедельник
15
0
16-18 mart kunlari viloyatimizda ham «Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda viloyatimizning 1126 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 million 174 ming fuqaro, jumladan, 711 mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan.
Jarayonda 1787 ming gektardan ortiq yer maydoni obodonlashtirilib, hududlardan 722 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib ketilgan.
Shuningdek, 1467 ta qabriston, 725 ta ziyoratgoh tartibga keltirildi. Umumiy hisobda 1035 kilometr ariq va zovur, 34 mingdan ortiq ko‘cha tozalandi. 633 ta bolalar maydonchasi ta’mirlanib, tartibga keltirildi.
Hasharda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Uch kun davomida mas’ullar hamda savobtalab insonlar tomonidan 8600 tadan ziyod shunday fuqaro istiqomat qiladigan xonadonlarning tomorqa yerlari chopilib, turli ko‘chatlar o‘tqazib berildi. 750 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlandi.
Xususan, Past Darg‘om tumani yoshlar yetakchilari birlashib, yakka-yolg‘iz keksalar, oilasida mehnatga yaroqli insoni yo‘q, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xonadonida hashar tashkil etdi. Jarayonda ularning tomorqalariga ishlov berilib, ariqlari kovlandi, eski, ko‘rimsiz devorlar ta’mirlanib, rang berildi.
Umumxalq xayriya hashari doirasida «Mahallamga 10 tup ko‘chat – mening tuhfam» shiori ostida aksiya o‘tkazildi. Unda mahallalarda 782 ta bog‘ tashkil etilib, mavjud bo‘sh yer maydonlari va aholi tomorqalariga 1280 mingta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va mavjud 658 mingta ortiq daraxtlarga shakl berildi. Ko‘cha bo‘ylari, xiyobonlarda bir necha yuz ming tup gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle