Telefonlar:
(66) 235-28-36
(66) 235-28-40

Ochiqlik va shaffoflikning ahamiyatiga e'tibor qaratildi

22 февраль 2022, Вторник
112
0
Bugun viloyat matbuot uyida Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikning ta'minlanganligi holati” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda viloyatdagi hokimliklar, tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.Tadbirda  “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosi, viloyatdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikning ta'minlanganligi holati, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikning ahamiyatiga e'tibor qaratildi.
Taqdimotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, xususan, korxona-tashkilotlarda aniqlangan kamchiliklar va ularning yechimi xususida ham so‘z yuritildi.
Shuningdek, seminar davomida tashkilot va korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni rasmiy veb-saytida joylashtirish va yangilab borish holati, bu axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga joylashtirish kabi bir qator muhim mavzularga urg‘u berildi.
Tadbirda attestasiyadan o‘tgan 11 nafar matbuot kotibiga guvohnoma topshirildi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hamkorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi

redvid esle